60530500 –Fizika

26-Sentabr 2026

Yo‘nalish nomi: Fizika

Ta’lim shakli: kunduzgi

Kreditlar miqdori: 240 kredit, 4 yil

Ta’lim tili: O‘zbek

Boshlanish davri: Sentabr

Yo‘nalish kodi: 60530500-Fizika

Lokatsiyasi: Qarshi davlat universiteti asosiy kampus Bino 2

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilardan iborat:

– umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimida fizika fanidan dars berish;

– ta’lim tizimida kabinet mudiri, metodist, muhandis, katta laborant, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;

– tabiiy yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida ilmiy faoliyat;

– ishlab chiqarish sohasida fizik, muhandis-tadqiqotchi;

– yangi yuqori unumli material va texnologiyalar yaratish hamda ularni ishlab chiqaruvchi korxonalarda muhandis, tadqiqotchi va texnolog bo‘lib ishlash;

– ta’lim jarayoni me’yoriy hujjatlari, pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;

– dasturiy ta’minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi sohasida mutaxassis bo‘lib ishlash huquqiga ega bo‘ladilar.