Qarshi xalqaro tibbiyot va stomatologiya Oliy maktabiga qabul

6-Avgust 2026

Hurmatli abituriyentlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yildagi PQ-96 sonli qarori bilan tashkil etilgan Qarshi davlat universiteti tarkibidagi “Karshi International School of Medicine and Dentistry” (Qarshi xalqaro tibbiyot va stomatologiya Oliy maktabi) ga 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul boshlandi.
Ta‘lim yo‘nalishini tanlash 8-avgust sanasiga qadar davom etadi.

Ta’lim yo‘nalishlari:
- 60910100-Stomatologiya
- 60910200-Davolash ishi
- 60910300-Pediatriya ishi

Ta’lim tili: O‘zbek va rus tillarida

Qabul kvotalari va o‘qish muddati (ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim tillari kesimida):

60910100-Stomatologiya ta’lim yo‘nalishi
O‘qish muddati: 5 yil;
Qabul kvotasi: 30 ta;
Ta’lim tili: 15 nafari rus / 15 nafari o‘zbek.
 
60910200-Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi
O‘qish muddati: 6 yil;
Qabul kvotasi: 30 ta;
Ta’lim tili: 15 nafari rus / 15 nafari o‘zbek.
 
60910300-Pediatriya ishi ta’lim yo‘nalishi
O‘qish muddati: 6 yil;
Qabul kvotasi: 30 ta;
Ta’lim tili: 15 nafari rus / 15 nafari o‘zbek.

Ta’lim to‘liq to‘lov-shartnoma asosida olib boriladi.
Ta'lim yo'nalish tanlash: my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha savollar uchun: +99891 474 47 70