“Yashil makon” doirasida ko‘chat ekish aksiyasi

19-May 2026

1-aprel kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikaning 14 ta hududida ommaviy ko‘chat ekish tadbirlari o‘tkazildi.



Jumladan, davlatimiz rahbari ushbu tadbirda ishtirok etib, Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga start berdi. Jarayonga mamlakatimizning barcha hududlari videoaloqa orqali ulanib, joylarda yangi yashil bog‘lar tashkil etish ishlari boshlandi.



Mazkur tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligida turli tashkilotlar, ta’lim muassasalari jamoalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Qarshi davlat universiteti jamoasi va talaba yoshlari ham aksiyada faol qatnashib, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shdi.



Mazkur tashabbus ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mehr va e’tiborni kuchaytirish hamda sog‘lom atrof-muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.