FIZIOLOGIK TADQIQOTLAR ILMIY LABORATORIYASI

11-Mart 2026

Tashkil topgan sanasi: 2023-yil 29-dekabr

Laboratoriyaning ilmiy уо'nalishi.

- Qashqadaryo viloyati sharoitida aholi turli guruhlarining amaldagi ovqatlanishini o'rganish vа uni ratsionallashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish; 

- Sport bilan shug'ullanadigan va shug'ullanmaydigan kishilarda kardiorespirator tizimning funksional holatlarini o'rganish ча tahlil qilish;

- Тurli moddalarning ingichka ichakda oqsillar, yog'lar va uglevodlar gidrolizlanishini ta'minlovchi fermentlar faolligiga ta'sirini o'rganish.

Laboratoriyaning maqsadi: Qashqadaryo viloyati sharoitida fiziologiya, biokimyo ча biofizika yo'nalishlaridagi tadqiqotlarni rivojlantirish, ushbu sohalarda fan, ta'lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta'minlash, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani ilg'or fiziologik hamda biokimyoviy usularni amalyotga joriy etishni yo'lga qo'yish.

Laboratoriyaning vazifasi:

- Qishloq va shahar sharoitida yashaydigan aholi turli guruhlarinig asosiy hamda qo'shimcha oziq moddalar bilan ta'minlanishini fiziologik ча biokimyoviy jihatdan o'rganish va tahlil qilish;

- Kundalik iste'mol taomlari tarkibini ауrim zarur miпеrаl moddalar bilan boyitishning innovatsion usullarini ishlab chiqish;

- Qishloq va shahar sharoitida yashaydigan aholi turli guruhlarinig antropometrik ko'rsatkichlarini ilmiy jihatdan o'rganish ча ulaming jismoniy rivojlanishini baholaydigan standartlar ishlab chiqish;

 - Aholi turli guruhi vakillarida kardiorespirator tizimning funksional holatini o'rganishning innovatsion usullarini ishlab chiqish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

- Ауrim flavonoid va boshqa moddalarning ingichka ichakdagi fermentlar faolligiga ta'sir mexanizmlarini o'rganish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va amaliyotga tavsiya berish;

- Universitet talabalari, magistrantlari va doktorantlarini universitetlararo, mintaqaviy, O'zbekiston ча xalqaro miqyosdagi talabalar va professional ilmiy konferentsiyalarda qatnashishga tayyorlash;

 - Ilmiy labortoriyaning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo'yicha yillik va joriy hisobotlar va ulаrпi belgilangan tartibda topshirish uchun boshqa zarur hujjatlarni tayyorlash.

Jihozlar:

1. Elektrokardiograf (3 kanalli) EKZT-12-01 «GEOLINK», 2019

2. NS-Psixotest «Neyrosoft», 2023

3. Miya biopotentsiallarini tahlil qilish uchun ko'p kanalli kompleks”Neyroskop”, 2021

4. Veloergometr Lode, 2021

5. Bioanalizator, 2021

6. рН-metr, 2019

7. Minisetrifuga, 2020

8. Sentrifuga, 2020

9. Elektron tarozi, 2023

10. Spektrofotometr, 2022

11. Antropometr, 2022

12. Rostometr, 2021

13. Spirograf, 2022