Ekologik xavfsizlik va resurslarni muhofaza qilishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

4-Dekabr 2025

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tarkibidagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University), Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Qarshi davlat universiteti hamkorligida “Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i  Kamola Nuriddinova Respublikadagi ekologik holat va ekologiya tashkilotlarining faoliyati haqida ma’ruza qildi. Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Atmosfera havosini muhofaza qilish shu’ba boshlig‘i Azamat Hamdamov atmosfera havosining himoyasi bo‘yicha dolzarb masalalarni yoritdi. Qarshi davlat universiteti Agronomiya va ekologiya kafedrasi dotsenti Nigora Bazarova  esa ekologik madaniyatni shakllantirish mavzusida chiqish qildi.

Seminar-trening davomida ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Sahifalar

Ekofaol talabalar
“Chiqindisiz bir kun” — talabalardan ekologik tashabbus
QarDU talabasi Yosh turizm elchisi
Butunjahon chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni
Ekologik xavfsizlik va resurslarni muhofaza qilishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi