60540200 - Amaliy matematika

26-Sentabr 2026

Yo‘nalish nomi:        Amaliy matematika

Ta’lim shakli:           kunduzgi

Kreditlar miqdori:    240 kredit, 4 yil

Ta’lim tili:               O‘zbek

Boshlanish davri:    Sentabr

Yo‘nalish kodi:      60540200 - Amaliy matematika

Lokatsiyasi:            Qarshi davlat universiteti asosiy kampus Bino B

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilardan iborat:

– umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimida matematika va informatika fanlaridan dars berish;

– ta’lim tizimida kabinet mudiri, metodist, muhandis, katta laborant, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;

– aniq fanlar yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida ilmiy faoliyat;

– ishlab chiqarish sohasida amaliy matematik, muhandis-tadqiqotchi, dasturchi;

– yangi yuqori unumli material va texnologiyalar yaratish hamda ularni ishlab chiqaruvchi korxonalarda muhandis, tadqiqotchi va dasturchi bo‘lib ishlash;

– ta’lim jarayoni me’yoriy hujjatlari, pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;

– dasturiy ta’minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi sohasida mutaxassis bo‘lib ishlash huquqiga ega bo‘ladilar.

Sahifalar

Ta’lim yo‘nalishlari
60530500 –Fizika
60540100-Matematika
60540200 - Amaliy matematika