Tashkil topgan sanasi: 2024 yil “6” 02 dagi 6-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Funksional vazifasi: Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining asosiy maqsadi universitetni Agrotuproqshunoslik tadqiqotlarning turli yo’nalishlari bo’yicha xalqaro maydondagi va respublikadagi nufuzini oshirish, qishloq xo’jaligi sohalarida yetuk kadrlarni tayyorlaydigan va chuqur ilmiy-arnaliy tadqiqotlarni amalga oshiradigan, ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning muammolariga yechim topishda, sohaga ko’ra turli xil biologik faol birikmalirni sintez qilish hamda natijalarni amaliyotga joriy etishni amalga oshiradi hamda ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishdan iborat bo’lib, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Laboratoriyaning asosiy vazifasi:
Laboratoriyada mahalliy va xorijiy tartib tamoyillarga binoan tuproq, o’simlik, o’g’it va suv tahlillarini olib borish;
Laboratoriya mahalliy va xorijiy itmiy muassasalar bilan hamkorlikda tadqiqot ishlarini olib borish;
Tuproqlarini agrokimyoviy, agrofizikaviy va biologik xossalarini monitoring qilish;
Ma'dan o’g’itlar, stimulyatorlar va boshqa turdagi manbalari tahlil qilish, ular asosida har bir ekin bo’yicha o’g’it qo’llash tizimini ishlab chiqish;
· Mahalliy va xorijiy loyihalar tanlovida ishtirok etish va jalb qilingan loyihalar doirasida tadqiqot olib borish;
· Xo’jalik yurituvchi subyektlar (fermer xo’jaliklar, klassterlar va boshqalar) bilan shartnomalar tuzish va xizmat ko’ rsatishni tashkil etish.
Jihozlarni o’lchash parametri:
· Mahalliy va halqaro standart GOST bo’yicha
· Xorijiy standart ISO bo’yicha