MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH ILMIY-TADQIQOT LABORATORIYASI

11-Mart 2026

Tashkil topgan sanasi: 2024-yil 5-sentabr

Laboratoriyaning ilmiy уо'nalishi.

-Xalqaro tashkilotlar ekspertlari, xorijiy mamlakatlarning OTM professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy grantlarda ishtirok etish, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni amalga oshirish.

-Ilmiy izlanuvchilarning Quyosh qurilmalari va inshootlari qoplamalarida nur energiyasini yarim shaffof muhitlarda ularning spektral - optik xarakteristikalari bilan yutishi va sochishlishini hisobga olgan holda radiatsion issiqlik almashinuvida energiyani qayta o‘zgarishini va ko‘chish jarayonlarini o‘rganish aniqlandi

Laboratoriyaning maqsadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro maydondagi va Respublikadagi nufuzini oshirish, Respublikada Muqobil energiya manbalari sohalarida yetuk kadrlarni tayyorlaydigan va chuqur ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradigan, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishdan  iborat.

Labortoriyaning vazifasi

-Xalqaro grantlar va DITD doirasida ilmiy loyihalarda ishtirok etish. Professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar uchun bu borada seminar- trening va maslahatlar berish tizimini yo‘lga qo‘yish;

-Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tadqiqotlarni rivojlantirish, korxonalardagi mavjud muammolar monitoringini olib borish, muammolarni yechish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish va olingan eng muhim natijalarni korxonalarda joriy etishga qaratiladi.

-Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida qilingan ilmiy tadqiqot ishlarini amaliyotga jorish qilish;

-Sohaga tegishli ilmiy tadqiqot natijalarini turli sohalarga integratsiyalashuvini yo‘lga qo‘yish;

-Scopus/Science Direct/Web of Science/Springer Nature/RINS bazalaridagi jurnallarda ilmiy maqolalarni chop etish bo‘yicha seminar-treninglarni tashkil etish;

-QS/TaYE/ARWU xalqaro reyting agentliklari bilan yaqindan ishlash va universitetni kelajakda kuchli 1000 talik ro‘yxatidan joy olishini ta’minlash bo‘yicha tizimli tadbirlarni amalga oshirish;

-Tashqarida harorat farqlarini tez va oson aniqlash – termal tasvir kamerasi harorat farqlarini batafsil vizualizatsiya qilish, yuqori issiqlik aniqligiga va turli xil issiqlik o‘lchash variantlari uchun keng diapazonida o‘lchsh.

-Gorizontal yuzaga tushadigan quyosh nurlanishining umumiy miqdorini o‘lchash.

-Individual quyosh panellarini tezda sinab ko‘rish, ayniqsa tizimdagi samarasizlarini aniqlash uchun maxsus vosita bo‘lib, diagnostikani standart raqamli multimetrga qaraganda ancha osonlashtiradi.

Jihozlar:

1. Teplovizor Bosch GTC 600 C Professional

2. Computer Controlled Photovoltaic Solar Energy Unit

3. Computer Controller Thermal Solar Energy Unit

4. Termoelektricheskiy pirometr s dachikom solnechnogo izlucheniya.

5. Elejoy EY800W Solar Panel Multimeter Review

6. Anemometr elektronniy Model: GM8910-1