Yoshlar uchun robotexnika yo‘nalishida amaliy tayyorgarlik

21-Iyul 2025, 04:02
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetining Inkubatsiya markazida yoshlarni xalqaro robotexnika musobaqalariga tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda. Bu to‘garak – musobaqaning o‘zi emas, balki yoshlarning texnik bilimlari, kreativ fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan puxta tayyorgarlik bosqichidir. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlar salohiyatini to‘liq ochib berish uchun zamin yaratilmoqda. To‘garakning navbatdagi mashg‘ulotida aynan shu jihatlar muhokama qilindi.