OTMlarda yangi oʻquv yili boshlandi

6-Sentabr 2025, 06:42
Universitet yangiliklari

Yurtimizning barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Qarshi davlat universitetida ham “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi hamda yangi 2025/2026-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, keng jamoatchilik vakillari, talaba-yoshlar, ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlarni samimiy tabriklab, oliy ta’lim muassasasida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Ta’kidlanganidek, barqaror taraqqiyotning kelajagi bilimli, yetuk kadrlar qo‘lidadir.Tantanali marosimdan so‘ng esa barcha talabalar uchun “Mustaqillik darslari” auditoriyalarda davom ettirildi.