Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda hamkorlik muhim

6-Sentabr 2025, 07:07
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida “Universitet–talaba–ota-ona” tamoyili asosida “Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda uzviy hamkorlik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Kuziyev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Xolmurodov, rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, shuningdek, joriy o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdilar. Muloqot chog‘ida talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, o'quv jarayonlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, talabalar turar joylari va ijarada yashovchi talabalar bilan uzviy aloqa, “Xavfsiz hudud – xavfsiz talaba” tamoyili doirasidagi ishlar hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ota-onalar tomonidan ham mazkur masalalar yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.