
QarDUda “Mustaqillik darslari”
Ayni kunlarda Qarshi davlat universitetida barcha fakultetlarning 1-bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darslari” o‘tkazilmoqda. Matematika va kompyuter ilmlari fakultetida o‘tgan mashg‘ulotda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Pardaqulov ishtirok etdi. Unda tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Mavrulov qalamiga mansub “Bo‘lar ekan-ku yoxud kechaning bugundan farqi nimada?” risolasining mazmun-mohiyati haqida so'z bordi. Asarda mamlakatimizning mustaqillik yillaridagi, ayniqsa, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, O‘zbekistonning jahon maydonidagi o‘rni hamda xalqimiz yaratgan boy meros haqida so‘z yuritilgan. Mazkur risola mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda talaba-yoshlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.