“Montessori trenerlarini tayyorlash” kursining 9-mavsumi yakunlandi

6-Sentabr 2025, 09:07
Universitet yangiliklari

Montessori ta’lim tizimi — bolalarda mustaqil fikrlashni shakllantirish, amaliy faoliyat orqali o‘rganish va rivojlanishga yo‘naltirilgan ilg‘or yondashuvdir. Ushbu tizimda mashg‘ulotlar bolalarning qiziqishi va ehtiyojlariga mos ravishda, maxsus vositalar yordamida tashkil etiladi. Pedagogika fakultetining maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun Janubiy Koreyaning “KOICA” tashkiloti hamkorligidatashkil etilgan “Montessori trenerlarini tayyorlash” kursining 9-mavsumi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bugun bo‘lib o‘tgan yakuniy tadbirda kursni tamomlagan ishtirokchilarga maxsus sertifikat va diplomlar topshirildi.