Startup Garage va Qarshi davlat universiteti: anglashuv memorandumi

15-Sentabr 2025, 06:02
Universitet yangiliklari

Startup Garage va Qarshi davlat universiteti o'rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hamkorlik talabalarga yangi imkoniyatlar yaratib, ularni startap ekotizimiga jalb etishga xizmat qiladi.

Hamkorlik doirasida:
Video-kurslar, amaliy topshiriqlar va elektron resurslar taqdim etiladi.
Iqtidorli talabalar “Founders School” dasturida grant asosida o‘qiydi.
Startap tanlovlari, trening va seminarlar muntazam tashkil etiladi.
Talabalar respublika miqyosidagi startap hamjamiyatiga a’zo bo‘ladi.
Mentorlik va maslahat xizmatlari orqali g‘oyalarini amalga oshirishda ko‘mak oladi.

Memorandum 5 yil davomida amal qilib, QarDU talabalari uchun yuzlab imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu hamkorlik yoshlar uchun innovatsiyalar sari muhim qadamdir.