
Xalqaro tanlov: korrupsiyaga qarshi birgalikda!
15-Sentabr 2025, 06:12
Universitet yangiliklari
San’atshunoslik, Pedagogika fakultetlari talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassislari Sh.Ahmedov va N.Srajidinova xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” yoshlar tanlovi mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi. Tanlov Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi tashabbusi va qator davlatlar prokuratura idoralari hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda 10 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin. Tanlov plakat, rasm va video yo‘nalishlarida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar arizalari joriy yilning 1-oktyabrigacha www.anticorruption.life sayti orqali qabul qilinadi.