
“Zakovat” intellektual bellashuvi
15-Sentabr 2025, 06:16
Universitet yangiliklari
Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori Sh.Ernazarova tashabbusi bilan 4-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi Kimyo-biologiya fakulteti talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvi tashkil etildi. Musobaqada “Everest”, “Kimyogarlar”, “Zukkolar”, “Mendeleyev”, “Kaliforniy” hamda “Liderlar” jamoalari o‘zaro bilim va tafakkur sinovida bellashdilar.Bahs-munozaralarga boy tarzda kechgan bilimlar ringida qatnashchilar topqirligi, bilimdonligi va jamoaviy hamjihatligi bilan ajralib turdilar. Yakunda esa shiddatli bahslar natijasida “Kimyogarlar” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.