
Konstruktiv muloqot: o‘zaro hamkorlik va strategik format
15-Sentabr 2025, 06:18
Universitet yangiliklari
Joriy yilning 12-sentabr kuni Tarix fakulteti Falsafa va sotsiologiya kafedrasi tomonidan “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun sohaga oid uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Qashqadaryo viloyati Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho‘basi bosh mutaxassisi J.Boymuratov hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Muloqot davomida ijtimoiy ishni tashkil etishning maqsad va vazifalari, ijtimoiy soha xodimlarining kasbiy tayyorgarlik darajasi, talabalarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar hamda mavjud muammolar haqida atroflicha fikr almashildi.