“Kitobxon talaba” musobaqasi

2-Oktabr 2025, 10:42
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi tashabbusi bilan oliygoh talaba-yoshlari o‘rtasida “Kitobxon talaba” tanlovi o‘tkazildi. Tanlov davomida ishtirokchilar badiiy asarlar asosida test topshiriqlarini bajarib, annotatsiya yozish bo‘yicha mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Shuningdek, ijodiy chiqishlar orqali kitobxonlik madaniyatini namoyon etdilar.