Ma’rifat — tinchlik va taraqqiyot asosi

2-Oktabr 2025, 10:44
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, universitetning Kimyo-biologiya, Iqtisodiyot, Geografiya va agronomiya, Matematika va kompyuter ilmlari, Filologiya, Tibbiyot, Tarix hamda Xorijiy tillar fakultetlarida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida uchrashuvlar tashkil etildi. Tadbirlarda islom dinining tinchlikparvarlik mohiyati, bag‘rikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan yondashish masalalari yoritildi. Shu bilan birga, yoshlarida radikal g‘oyalarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishda mamlakatimiz tajribasi haqida ma’lumotlar berildi. Yuzma-yuz suhbatlarda talaba-yoshlar o‘z fikr va takliflari bilan faol ishtirok etdilar. Shuningdek, mavzuga doir videolavhalar ham namoyish etildi.