Milliy liboslar – millat qiyofasi

2-Oktabr 2025, 10:46
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida “Xon atlas” oyligi doirasida “Xon atlasda ko‘rkam liboslar” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda universitet rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Karamova, Umumiy fizika kafedrasi professori, viloyat “Oqila ayollar” harakati rahbari G.Uzoqova, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari D.Jalilova, shuningdek, fakultet dekanlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari va talaba-qizlar ishtirok etdilar. San’atshunoslik fakulteti Dizayn (libos va gazlamalar) yo‘nalishi talabalari tomonidan yaratilgan milliy liboslar ko‘rgazmasi va ijodiy ishlari namoyish etildi. Tadbirda milliy liboslar xalqimizning qadriyatlari va madaniyatini ifodalovchi ma’naviy meros ekani ta’kidlandi. Ushbu tadbir talabalarda milliy ruhiyatni mustahkamlash va milliy liboslarga mehr uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etdi. Yoqimli kuy-qo‘shiqlar esa tadbirga yanada fayz va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.