
“Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati
2-Oktabr 2025, 10:48
Universitet yangiliklari
Fizika fakultetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi tomonidan 1-kurs talaba-qizlari ishtirokida “Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda universitet rektorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Karamova hamda universitet profilaktika inspektori D.Ro‘ziyeva ishtirok etdilar. Suhbat davomida talabalarga “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati, shuningdek, mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan qonun, qaror va farmonlar haqida batafsil ma’lumot berildi.