“Mushoira” klubi faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi

2-Oktabr 2025, 10:49
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talabalar ijodkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mushoira” klubi yana faoliyatini boshladi. Dastlabki yig‘ilishda klubning kelgusi rejalariga oid masalalar muhokama qilinib, she’riyat kechalari va mahorat darslarini o‘tkazish belgilandi. Klub koordinatori etib, Tibbiyot fakulteti talabasi Zaynura Hasanova saylandi. “Mushoira” klubi yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarini yuzaga chiqarish va universitetda adabiy muhitni jonlantirishga xizmat qiladi.