Dzyudo bo‘yicha universitet birinchiligi bo‘lib o‘tdi

2-Oktabr 2025, 10:51
Universitet yangiliklari

Xabar berilganidek, 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qarshi davlat universiteti Kurash zalida dzyudo bo‘yicha universitet birinchiligi tashkil etildi. Unda talaba yigitlar 60 kg, 66 kg, 73 kg, 81 kg, 90 kg va +90 kg vazn toifalarida kuch sinashdilar. Bellashuvlar yuqori saviyada, qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari 600 ming, 500 ming hamda 300 ming so‘m pul mukofotlari bilan bir qatorda darajali diplomlarga ega bo‘ldilar.