
Scopus ma’lumotlar bazasida maqola chop etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
2-Oktabr 2025, 10:55
Universitet yangiliklari
Qarshi davlat universitetida 2025-yil 27-sentyabr kuni professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va magistrlar uchun “Xalqaro ilmiy bazalarda indekslanuvchi jurnallarda maqola chop etish (Scopus misolida)” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda xalqaro reytinglar va akkreditatsiya bo‘yicha mutaxassis N.Farmonov ishtirokchilarga Scopus ma’lumotlar bazasidan foydalanish, ilmiy soha bo‘yicha jurnallarni izlash hamda ularning ishonchliligini aniqlash masalalarida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, maqola tayyorlashda jurnal talablari va maqolani yuborish jarayonlari haqida amaliy ko‘rsatmalar berildi. Seminar davomida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.