
Doktorantlar va tadqiqotchilar faoliyati monitoring qilindi
2-Oktabr 2025, 10:56
Universitet yangiliklari
Qarshi davlat universitetida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida tahsil olayotgan doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar faoliyati samaradorligini oʻrganish maqsadida 23–27-sentyabr kunlari 3-chorak holati bo‘yicha monitoring o‘tkazildi. Mazkur monitoring izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini baholash, ilmiy nashrlar va konferensiyalarda ishtirok darajasini aniqlash, shuningdek, ijro intizomi hamda hisobot hujjatlarini oʻrganishga qaratildi. Hozirgi kunda universitetda 5 nafar doktorant (DSc), 245 nafar tayanch doktorant (PhD) va 423 nafar mustaqil tadqiqotchi ilmiy izlanishlar olib bormoqda.