Kinokarvon loyihasi doirasida unutilmas uchrashuv

2-Oktabr 2025, 10:58
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida “Kinokarvon” loyihasi doirasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida talabalarga milliy kinematografiyaning yutuqlari, kino san’atining tarbiyaviy ahamiyati va yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, mahoratli kinoaktyorlar Anvar Azimov, Egamberdi Rahimov hamda kinoaktyor Akrom Ahmedov ishtirok etib, o‘z ijodiy faoliyati, ekran asarlari orqali milliy qadriyatlarni targ‘ib etish tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, ular yoshlarga san’atga mehr qo‘yish, fidoyilik va Vatanga sadoqat masalalari borasida o‘z hayotiy tajribalaridan qimmatli maslahatlar berdilar. Tadbir so‘ngida talabalar mehmonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, ijodiy suhbat samimiy ruhda o‘tdi.