Buxoro viloyatida gʻalabali natija!

14-Oktabr 2025, 10:28
Universitet yangiliklari

Xalqaro toifadagi sport ustasi Chori Sharipov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan kurash bo‘yicha viloyat turnirida 2006–2008-yillarda tug‘ilgan oʻgʻil bolalar va qizlar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti talabalari ushbu musobaqada turli vazn toifalarida munosib ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishishdi:

Ramziddin O‘rozdavlatov — 73 kg vazn toifasida 1-o‘rin
G‘iyos Xoliqov — 81 kg vazn toifasida 1-o‘rin
Dilshod Nashirov — 90 kg vazn toifasida 1-o‘rin
Sevinch Toshpo‘latova — 57 kg vazn toifasida 1-o‘rin
Zamira Ravshanova — +70 kg vazn toifasida 3-o‘rin

Sportchi talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz!