
NAVRO‘ZA AXMATOVA – JAHON CHEMPIONATI SOVRINDORI, OSIYO REKORDCHISI!
2024-yil 27-sentyabrdan 5-oktyabrgacha Hindistonning Nyu-Dehli shahrida para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Dunyoning 109 ta mamlakatidan 1400 nafarga yaqin eng kuchli sportchilar ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi shijoat bilan qatnashib, 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti talabasi Navro‘za Axmatova ham mamlakatimiz sport sha’nini munosib himoya qilib, tarixiy natijaga erishdi. Ayollar o‘rtasida F41 toifasida o‘tkazilgan disk uloqtirish bahslarida Navro‘za Axmatova 28,83 metr natija qayd etib, Osiyo rekordini yangiladi va Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Musobaqa natijalari:
Raua Tlili (Tunis) – 33,81 m
Estefani Xisela Lopes (Ekvador) – 29,81 m
Navro‘za Axmatova (O‘zbekiston) – 28,83 m (Osiyo rekordi!)
Bu yutuq nafaqat universitet, balki butun yurtimiz faxridir! Navro‘za Axmatovani chin dildan tabriklaymiz! Sizning g‘alabangiz – yurtimiz sport salohiyati va jasoratining yorqin timsolidir!