“Chiqindisiz bir kun” — talabalardan ekologik tashabbus

16-Oktabr 2025, 12:07
Universitet yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-171-son qarori asosida belgilangan “Butunjahon tozalik kuni” doirasida Geografiya va agronomiya fakultetida “Chiqindisiz bir kun” nomli Plogging tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda fakultetning “Yosh ekopatrul” jamoasi faol ishtirok etib, Qarshi shahridagi Jayhun ko‘chasidan o‘tuvchi A380 avtomagistral yo‘li bo‘yini chiqindilardan tozalash ishlarini amalga oshirdilar. Mazkur tashabbus yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof-muhitni asrashga bo‘lgan mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi.