Ogohlik va huquqiy madaniyatga bag‘ishlangan uchrashuv

16-Oktabr 2025, 12:09
Universitet yangiliklari

Pedagogika fakulteti 1-bosqich talaba qizlari ishtirokida “Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish”, “Ogohlik — davr talabi” hamda “Erta turmushning salbiy oqibatlari va uning oldini olish” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rektori maslahatchilari A.Jo‘rayev va Sh.Karamova, xotin-qizlar bo‘yicha profilaktika inspektori D.Ro‘ziyeva, Pedagogika fakulteti dekani I.Yuldoshev, dekan o‘rinbosarlari S.Yo‘ldoshev va U.O‘ngboyeva ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni turli salbiy illatlardan ogoh etish, ayniqsa, erta turmushga chiqishning hayotiy oqibatlari haqida batafsil tushunchalar berishdi. Shuningdek, talaba qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni jamiyatda faol, mas’uliyatli shaxs sifatida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir samimiy muloqot ruhida o‘tib, qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.