Xalqaro olimpiadadan xushxabar: bitta kumush, ikkita bronza! 

28-oktabr 2023
Universitet yangiliklari

Qoraqalpoq davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Unda 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 200 dan ortiq talabalar hamda yuqori malakali hakamlar hayʼati aʼzolari qatnashdi. 

Quvonarlisi, mazkur nufuzli olimpiadada ishtirok etgan Qarshi davlat universiteti Matematika va kompyuter ilmlari fakultetining 4 nafar talabasidan 3 nafari sovrindor bo‘ldi. Xususan, Jahongir Musurmonov kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Alisher Nuraliyev va Shaxboz Xalimovga bronza medal nasib etdi. 

Qarshi davlat universiteti jamoasi nomidan talabalarimizni ushbu yutuq bilan samimiy qutlaymiz. Muvaffaqiyatlar bardavom bo‘lsin!