Ma’rifatli ayol – kelajak ko’zgusi

28-oktabr 2023
Universitet yangiliklari

Qizlarning ilmli bo‘lishini rag‘batlantirish uzoqni ko‘zlab bosilgan muhim qadamdir. Bugungi talaba-qiz ertangi kunda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishi bilan birga, ilmli, intellektual salohiyatli, keng dunyoqarashga ega farzandni tarbiyalaydigan ona ham bo‘ladi. Ma’rifatli ayol o‘z sohasida ham, oilada ham kelajakka daxldor to‘g‘ri qaror qabul qilinishiga munosib hissa qo‘shadi. Ayol ilmli bo‘lsa, kelajak avlod bilimli bo‘ladi. Joriy yilning 27-oktabr kuni San’atshunoslik fakultetida “Ma’rifatli ayol – kelajak ko’zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. 

Unda Qarshi davlat universiteti olima ayollaridan Pedagogika fanlari doktori, professor Sh.Nurullayeva, Pedagogika fanlari doktori, professor N.Qayumova, Falsafa fanlari doktori, dotsent G.Bekmurodova, Falsafa fanlari nomzodi, dotsent A.Shaymanova, Pedagogika fanlar nomzodi, dotsent M.Qurbonova, Falsafa va sotsiologiya kafedrasi katta o’qituvchisi A.To’rayeva hamda fakultetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi A.Sattarova va talaba-qizlar ishtirok etdi. Muloqotda yurtimizda xotin-qizlarning ilm-ma’rifatli bo‘lishi va barcha sohalarda o‘zini ko‘rsatishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi xususida so‘z bordi.