“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari davom etmoqda

Xabar berilganidek, yurtimizdagi davlat oliy ta’lim muassasalarida bo’lgani singari Qarshi davlat universteti talaba-yoshlari oʻrtasida ham 22-apreldan 10-mayga qadar “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari oʻtkazilmoqda. Sport sinovlari ixtiyoriy va maxsus talablardan iborat bo‘lib, talabalarning chidamlilik, kuch, egiluvchanlik va tezlik imkoniyatlarini rivojlanganlik darajasini aniqlaydi.

2-may kuni bo’linb o’tgan sinovlarda Sport (maxsus) va Pedagogika (ixtiyoriy) fakultetlari talabalari qatnashdi. Jarayonlarni Sport fakulteti o’qituvchilari qatorida Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktori Zafar Mamadaliyev hamda mazkur maktabning direktor o'rinbosari Shavkat Boboyorov kuzatib bordi.