QarDU rektori Grodno davlat universitetida tahsil olayotgan talabalarimiz bilan uchrashdi 

Qarshi davlat universiteti rektori, professor D.Nabiyev 2022-yildan buyon hamkor OTMning Matematika-informatika  fakultetida tahsil olayotgan 18 nafar qo‘shma ta’lim dasturi talabalari bilan uchrashdi. Ta’lim-tarbiya jarayonlari, yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi maqsadlar yoshlar bilan samimiy muloqotning bosh mavzusiga aylandi.

Ma’lumot uchun, 2024-2025-o‘quv yilida Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti 2-kurs amaliy matematika ta’lim yo‘nalishining 12 nafar bakalavrlari hamkor universitetga 2 yil muddatga o‘qishini davom etttirishga yuboriladi. Qarshi davlat universiteti rahbariyatining Grodno davlat universitetidagi ikki kunlik tashrif dasturi davom etmoqda.