Universitet yoshlari ko'ksida sharaf lentalari

Bugun Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda Qarshi davlat universiteti hamkorligida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan milliy bayrog'imiz rangi aks etgan sharaf lentalari oliygoh talaba-yoshlariga ulashildi. Shu bilan bir qatorda "Mutolaa", "Ibrat farzandlari", "Ustoz Ai" va "UZ chess" loyihalari targ'iboti bo'lib o'tdi.  

Tadbir davomida Yoshlar ishlar agentligi Qarshi shahar bo'lim boshlig'i J.Po‘latov tomonidan universitet talabalari uchun "Mutolaa bilimdoni" nomli kitobxonlik loyihasi tashkil etilishi hamda loyiha g'olibligini qo’lga kirirtgan talabaning shartnoma puli to‘rtdan bir qismi to'lab berilishi ma’lum qilindi.