
Konstitutsiya darslari davom etmoqda…
Oliy taʼlim muassasalari talabalarida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan muhim normalarga doir bilimlarini oshirish hamda amalda qoʻllay olish boʻyicha malaka va koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida Qarshi davlat universitetida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini oʻrganish” mavzusida fakultativ darslar olib borilmoqda.
Jumladan, 30-noyabr kuni Xorijiy tillar, Geografiya va agronomiya fakultetlarida “Konstitutsiyada inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari hamda ularning kafolatlari”, Yangi Ozbekistonda - xalqchil Konstitutsiya" mavzularida tadbirlar tashkil etildi.
Unda inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda konstitutsiya asosiy hujjat hisoblanishi, Oʻzbekistonda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy gʻoyasi inson qadrini ulugʻlash, uning huquqlarini yanada mustahkamlash ekanligi xususida ma’ruzalar tinglandi. Tadbirlarda Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari kafedrasi dotsentlari, D.Sunnatov, Z.Boymurodov ishtirok etib ma’ruza qildi.