“Jaholatga qarshi ma’rifat” — ma’naviy targ‘ibot uchrashuvi

24-Aprel 2025, 05:22
Universitet yangiliklari

Xorijiy tillar fakulteti talabalari hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori maslahatchisi A.Jo‘rayev va profilaktika inspektori M.Jabbarov ma’ruza qilib, ma’rifat va ma’naviyatning inson kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdilar. Uchrashuv davomida talabalarga internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, diniy mazmundagi turli shubhali xabarlarga munosabat bildirmaslik lozimligi haqida muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, bilim olish, kelajak uchun aniq maqsad qo‘yish va foydali kasb hamda hunarga ega bo‘lish har bir yosh uchun zamonaviy davr talabi ekani alohida ta’kidlandi.