O‘zbekiston kubogi: Amaldagi g‘olib mag‘lubiyatga uchradi!

6-May 2025, 10:51
Universitet yangiliklari

Bugun Beshkentdagi “Markaziy” stadionda O‘zbekiston kubogining "B" guruhi 2-tur doirasida juda muhim va dramatik o‘yin bo‘lib o‘tdi. Qarshi davlat universitetining “Lochin” futbol jamoasi o‘z maydonida mamlakatimizning kuchli jamoalaridan biri — Superliga ishtirokchisi va O‘zbekiston kubogining amaldagi g‘olibi “Andijon”ni qabul qildi. Tomoshabop va shiddatli tarzda kechgan bellashuv muxlislarga kuchli taassurot qoldirdi. Uchrashuv taqdiri oxirgi daqiqalarda hal bo‘ldi.

▪️85-daqiqada Og‘abek Mahamadaminov hisobni ochib, “Lochin”ni oldinga olib chiqdi.
▪️89-daqiqada “Andijon” jamoasi penalti orqali javob qaytardi — Mirzad Mehanovich aniq zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi.
▪️Ammo “Lochin” oxirgi so‘zni aytib, 90+2-daqiqada Suhrob Toshkenboyevning mahoratli goli orqali g‘alabani ilib ketdi — 2:1!

Ushbu yirik g‘alaba bilan jamoamiz — “Lochin” futbolchilari va ularning murabbiylarini chin qalbimizdan tabriklaymiz! Jamoamizga keyingi o‘yinlarda ham omad va yangi zafarlar tilaymiz!