
Shahrisabzda ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi
Bugun Shahrisabz shahrida “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasida “Eco - Save Aral - 2025”, “Talaba yugur”, “O‘quvchi yugur” hamda “Inson uchun” shiorlari ostida ekologik va xayriya yo‘nalishidagi ommaviy yugurish musobaqalari tashkil etildi. Mazkur marafonlarda Qarshi davlat universiteti talaba-yoshlari ham faol ishtirok etib, o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar. Xususan, “Talaba yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqasida Sport fakultetining 1-bosqich talabalari Bashar Suyunov hamda Malohat Bobonazarova faxrli 3-o‘rinni egallab, bir million so‘mlik sertifikat bilan taqdirlandilar. Bu kabi musobaqalar yoshlarning ekologik ongini shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ularni jamoatchilik faolligiga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.