
Qarshi yoshlar texnoparkida – “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Qashqadaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
6-May 2025, 10:54
Universitet yangiliklari
Ilm, texnologiya va innovatsiyaga qiziqqan 80 nafar iqtidorli yoshlar o‘zlarining startap va ilmiy loyihalarini taqdim etdilar. Ular orasidan 20 nafar ishtirokchilarning eng istiqbolli va amaliy g‘oyalari saralab olinib, Respublika bosqichiga yo‘llanma berildi. Quvonarlisi, Qarshi davlat universiteti talaba-yoshlaridan iborat bir guruh qatnashchilar o‘zlarining innovatsion loyihalari bilan tanlovning viloyat bosqichida g‘olib bo‘lishdi. Ular quyidagilar:
◾️Boburjon Abdug‘aniyev
◾️Shohijahon Ibrohimov
◾️Husnora Bozorova
◾️Aziza Nasretdinova
◾️Sadoqat Umarova
Yoshlar — kelajagimiz! Qarshi davlat universitetining iqtidorli yoshlari g‘alabasi bilan tabriklaymiz va ularga tanlovning respublika bosqichida ham omad tilaymiz!