Xotirani ardoqlash – avlodlar vazifasi

6-May 2025, 11:01
Universitet yangiliklari

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari M.Maxmanova, X.Eshmirzayev, J.Karomov hamda Tarix fakulteti talabalari Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘iga tashrif buyurdilar. Qariyb 7 gektar maydonda tashkil etilgan ushbu majmuada Ikkinchi jahon urushidagi mard vatandoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan muzey, blendaj, tarixiy harbiy texnikalar, sun’iy ko‘l, amfiteatr va o‘q otish, qoyaga chiqish maskanlari mavjud. Bog‘ markazida O‘zbekiston xaritasining ulkan maketi o‘rnatilgan bo‘lib, unda har bir hududning tarixiy va tabiiy ne’matlari aks etgan. Sayohat chog‘ida talabalarga urushda xalqimiz tomonidan ko‘rsatilgan jasorat va fidokorlik haqida ma’lumotlar berildi. Shu kuni Falsafa va sotsiologiya kafedrasi faxriy o‘qituvchisi Rohatoy Boyqobilovaning xonadoniga ham tashrif buyurildi. Uchrashuv samimiy suhbat va shukronalik duolari bilan mazmunli bo'ldi.