Axborot xizmatlarida raqamli yondashuv: malaka oshirish kursi

7-Iyul 2025, 06:38
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti Axborot xizmati boʻlimi xodimi Setora Jalilova Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sunʼiy intellekt” mavzusidagi malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunladi. Uch kunlik kursda 60 ga yaqin oliy taʼlim muassasasi matbuot kotiblari ishtirok etdi. Mashg‘ulotlarda sun’iy intellektdan samarali foydalanish, PR kontentlarini yaratish, inqirozli vaziyatlarda kommunikatsiya yuritish, axborotni tahlil qilish va faktlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida press-tur tashkil etildi. Kurs yakunida tinglovchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘rg‘irotboy Sharipov bilan uchrashdilar hamda sertifikatlarga ega bo‘lishdi.