
Qo‘shma ta’lim: hamkor OTM bilan onlayn muloqot tashkil qilindi
Joriy yilning 7-iyul kuni Qarshi davlat universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha hamkorlik olib borayotgan Belorus davlatining Y.Kupala nomli Grodno davlat universiteti rahbariyati o‘rtasida ZOOM platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Grodno davlat universiteti rahbarlaridan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Leontiy Yurevich Pavlov, Amaliy matematika va informatika fakulteti O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Tatyana Nikolayevna Vankova, Xalqaro loyihalar bo‘lim boshlig‘i Belko Alesya Leontevna, qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida hamkor OTMda tahsil olayotgan 4-kurs talabasi Davlat Muhiddinov hamda Qarshi davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti dekani Nasiba Azizova, dekan o‘rinbosarlari Sabohat Kenjayeva, Saidazim Shodixonov, Amaliy matematika va informatika yo‘nalishi 2-kurs talabalari, ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Onlayn muloqot chog‘ida Grodno davlat universiteti rahbariyati oliy ta’lim muassasasiga o‘qishni 3-kursdan davom ettirish maqsadida kelayotgan talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, yashash sharoitlari, xavfsizlik, qo‘shimcha qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Talabalar va ota-onalar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddilarga yuzlanishdi. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tdi.