1-dekabr – Butun jahon OITSga qarshi kurash kuni

1-Dekabr 2023, 12:27
Universitet yangiliklari

Har yili 1-dekabr an’anaviy ravishda “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanadi. OIV infeksiyasi hozirgi kunning global muammolaridan biri sanaladi. “ASR VABOSI” nomini olgan ushbu immun, ya’ni kasalliklarga qarshilik yetishmasligi xastaligini oldini olish, davolash, tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik nafaqat tibbiyot xodimlari, balki barcha-barchamizning muhim ishimiz bo‘lib qolmoqda. Buning uchun aholiga, xususan yoshlarga OITS haqida ilmiy asoslangan, mukammal tushunchalarni yetkazishning ahamiyati nihoyatda katta.

Ayni mavzuda 29-noyabr kuni Kimyo-biologiya fakultetida tashkil etilgan tadbirga ma’ruzachi sifatida viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi, oliy toifali shifokor Z.Nekboyeva taklif etildi. Ma’ruzada mazkur kasallikning kelib chiqish sabablari, yuqish holatlari hamda OITSga qarshi kurashishning qonuniy asoslari haqida muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mavzu doirasida savol-javoblar ham bo‘lib o‘tdi.