Ochiq eshiklar kuni: “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi ishtirokchilari universitetda

1-Dekabr 2023, 12:30
Universitet yangiliklari

Joriy yilning 30-noyabr kuni Qarshi davlat universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Oliy ta’lim muassasasida ochiqlikni ta’minlash, korrupsion xatarlarninn oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini joriy etish kabi masalalarga bag‘ishlangan mazkur tadbir “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida uyushtirildi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar, OAV vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, “Ochiq eshiklar kuni”ga "Yangi Oʻzbekistonni birgalikda quramiz" shiori ostida Toshkent davlat yuridik universitetining malakali professor-o‘qituvchilari boshchiligida iqtidorli talabalardan iborat “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi a'zolari tashrif buyurdi. 

Tadbirda dastlab Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-Nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Ismatov bo‘lim faoliyati, ochiqlik, shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkazilgan turli tanlovlar, loyihalar, ochiq muloqotlar va davra suhbatlari xususida batafsil ma’lumot berdi. Falsafa va sotsiologiya kafedrasi dotsenti T.Qurbonov “Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining rivojlanishi” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbir davomida Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedra professori v.b. Sh.Xaydarov “Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida xorijiy davlatlar tajribasi” mavzusida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. 

Shundan so‘ng, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-Nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda universitet Xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi” hamkorligida o‘tkazilgan “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusida “Eng yaxshi insho” tanlovi, “Koorupsiyasiz hayot sari” shiori ostida “Zakovat” bellashuvi, “Biz birgalikda korrupsiyani to‘xtamiz” shiori ostida “Eng yaxshi targ‘ibot materiali” videoroliklar tanlovi, “Biz yoshlar korrupsiyaga yo‘q deymiz” shiori ostida rasmlar tanlovlarning universitet miqyosida g‘olib va sovrindor talabalari diplom va sovg‘alar bilan taqdirladi. Tadbir yakunida Toshkent davlat yuridik universitetidan talabalari tomonidan qiziqarli  “Blits savol-javob” bo‘lib o‘tdi va faol ishtirok etgan talaba-yoshlar rag‘batlantirildi.