Hamkorlik doirasida master-klass

1-Dekabr 2023, 12:33
Universitet yangiliklari

Ta'lim sifatini yanada rivojlantirish, o'quv jarayonini samarali tashkil etish borasida  Qarshi davlat universiteti hamkorlik aloqalarini yo'lga qo‘ygan. Nafaqat xorij OTMlari bilan balki, viloyatimizdagi xususiy OTMlar bilan ham hamkorlik aloqalari olib borilmoqda. Xususan, kuni kecha Xalqaro innovatsion universiteti 1-kurs maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabalariga “Montessori o'qituvchilarni tayyorlash” kursi bo’yicha master-klass olib borildi. Master-klassda kurs treneri Boshlang’ich ta’lim kafedrasi doktoranti L.Parmonova Montessori metodikasining mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuncha berdi. 

Bugungi kunda jahon maktabgacha ta’lim tizimida italiyalik mashhur pedagog Mariya Montessorining mualliflik metodikasi juda keng tarqalgan. Bu pedagogik tizimga amal qilish orqali maktabgacha ta’lim tizimida ulkan muvaffaqiyatlarga erishilgan. Montessori ta’limotiga ko‘ra ta’lim-tarbiyaning asosiy shakli - bu bolalar uchun mustaqil va amaliy bajariladigan darslardir. U zarur vositalardan foydalanib, ta’lim jarayonini rivojlantirishni tavsiya qiladi.