Qarshi shahrida “Talaba, yugur!” koʻngillilar sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

19-Noyabr 2024, 04:51
Universitet yangiliklari

Talaba-yoshlar oʻrtasida sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida bugun Qarshi shahrida viloyat oliy ta'lim muassasalari talabalari, shuningdek, professor-o‘qituvchilar ishtirokida "Talaba yugur" ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi. 1000 nafarga yaqin talaba-yoshlarni birlashtirgan ushbu yugurish marafoni soat 14:00 da start oldi va belgilangan hudud bo‘ylab 3 km masofada davom etdi. Finish chizig‘ini kesib o‘tgan har bir ishtirokchi o‘ziga biriktirilgan maxsus chip orqali aniqlandi. Mazkur marafonda Qarshi davlat universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etdi. Musobaqani tashkil etish va yugurish natijalari Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.