QarDU talabalari “Besh tashabbus olimpiadasi” respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar
21-Noyabr 2025, 11:32
Universitet yangiliklari
Ayni kunlarda viloyatdagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida Stritbol, Mini-futbol, Stol tennisi, Voleybol va Yengil atletika sport turlari bo‘yicha respublika “Besh tashabbus olimpiadasi”ning hududiy bosqichi o‘tkazilmoqda. Musobaqalarning g‘oliblari joriy yil noyabr oyining ikkinchi o‘n kunligida Sirdaryo viloyatida o‘tkaziladigan respublika bosqichida o‘z oliygohlari sharafini himoya qiladilar. Quvonarlisi, hududiy bosqich natijalariga ko‘ra Qarshi davlat universiteti talabalari mini-futbol hamda voleybol (qizlar o‘rtasida) yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar. Qolgan sport turlari bo‘yicha bahslar esa jadal davom etmoqda.