Yoshlar bilan vatanparvarlik ruhidagi suhbat

31-Oktabr 2025, 10:49
Universitet yangiliklari

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori Sh.Aslanova tomonidan 7-sonli talabalar turar joyida Pedagogika fakulteti talabalari ishtirokida “Vatan uchun yashaylik!” nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbir Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida olib borilayotgan islohotlar, mamlakatimizning xalqaro maydondagi yuksak obro‘-e’tibori hamda talabalarning Vatanga sadoqat, birdamlik va istiqlol g‘oyalariga bo‘lgan e’tiqodini yanada mustahkamlashga qaratildi. Suhbat davomida yoshlarning faolligini oshirish, ularni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir ishtirokchilari mazkur uchrashuv ularda Vatan taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyat hissini yanada kuchaytirganini ta’kidladilar.