Ma’rifat — jaholatga qarshi eng kuchli qurol
Pedagogika fakultetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda universitetning Ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha rektor maslahatchisi A. Jo'rayev, fakultet dekan o‘rinbosari S.Yuldashev, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida mavzuga oid videorolik namoyish etilib, rektor maslahatchisi A. Jo'rayev tomonidan ma’ruza qilindi. Ma'ruzada bugungi kunda yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning ongida mustahkam hayotiy qarashlarni shakllantirish, ma’rifat orqali jaholatga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olib, mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni ogoh va bilimli etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.